IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABLARIDA 12-14 YOSHLI GANDBOLCHILARNING CHIDAMLILIK VA TEZKORLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI SAMARADORLIGI

##plugins.themes.academic_pro.article.main##

M.T.Hasanova Sh.Sh.Erkinov

Abstract

Maqolada Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarida 12-14 yoshli gandbolchilar guruhlarida chidamlilikni tarbiyalash uchun bir tekis, o‘zgaruvchan va takroriy-intervalli usullar, tezkorlikni tarbiyalash uchun esa har mashg‘ulot boshida beriladigan maksimal tezlikdagi qisqa mashqlar, o‘yin va musobaqa usullari majmuasi qo‘llanildi. Natijalar 1600 m va 60 m ga yugurish testlari bo‘yicha baholanib, o‘rtacha arifmetik qiymat, o‘rtacha arifmetik xatolik va o‘sish sur’ati hisoblandi. 60 m ga yugurishda o‘zgarishlar 0,2-2,3 % oralig‘ida bo‘lib, statistik ishonchli farq qayd etilmadi. Olingan natijalar chidamlilik sifati 12-14 yoshda yo‘naltirilgan ta’sirga yaxshi javob berishini, tezkorlik esa uzoqroq va variativ yondashuvni talab etishini ko‘rsatadi.

##plugins.themes.academic_pro.article.details##